So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Ro'ziqul Berdiev: "Bekorga bizga har yili feyr-pley sovrinini berishmaydi..." Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bekorga bizga har yili feyr-pley sovrinini berishmaydi..."

Superliga 3-turdan o'rin olgan “Surxon” va “Nasaf” bellashuvida mehmonlar uch ochkoni o'ziniki qildi.

Keskin kurashlar ostida o'tgan bahsdan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildrib o'tdi.

“Bugungi raqbimiz jiddiy va kuchli edi. Ular bugun o'z maydonida harakat qildi. Tabiiyki, birinchi raqam ostida o'ynashini kutgandik. Oxirgi o'yinlarni ko'rganimizda asosan uzun paslar va standart vaziyatlarda xavfli ko'rinish olishdi. Biz buni bilgan holda maydonga chiqdik. Ularning kuchli tomonlarini sezgan holda diqqat va etiborni yo'qotishmadi. Qarshi hujumlarda yaxshiroq harakat lozimligini tushuntirgandik. Ko'plab vaziyatlar sodir etganimizga qaramasdan ikkitasini golga aylantirdik. Muhimi raqib maydonida g'alaba qozondik.

Hakamlar bugun juda yaxshi ishlashdi, xatolar kam kuzatildi. Biz doim yigitlarni toza va halol o'yinga tayyorlaymiz. Bizga bekorga har yili feyr-pley sovrinini berishmaydi. Futbolda ayyorliklar bo'lib turadi. Ammo, g'alaba uchun barcha narsani qilish kerak. Men o'ylaymanki shogirdlarim yotib olib o'yinni cho'zgani yo'q. Ular uch ochkoga munosib harakat qilishdi.

Umar Eshmurodov jamoamizga qaytishni istadi. “Paxtakor” rahbariyati bizga taklif bilan chiqishdi. U bizga kerakligi uchun safimizga qo'shib oldik. Abduvohid Nematov jarohatdan so'ng tiklanmoqda. Umumiy guruh bilan shug'ullanmoqda. Keyingi o'yinlarda unga ham imkoniyat beramiz. Mashhur Muhammadjonov qishki yig'inlarimizdagi o'rtoqlik o'yinlarida asosiy darvozabonimiz bo'ldi”, dedi Berdiev.


Asqar Eshmo'minov yozib oldi

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика