Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishi aprel oyida ijobiy hal bo'lishi mumkin
02 fev 21:25
Yangiliklar
Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishi aprel oyida ijobiy hal bo'lishi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyaga qo'yilgan taqiq hech qanday ijobiy natija bermaganini va uni bekor qilish kerakligini takidladi. "Sport24" nashrining xabariga ko'ra, tashkilotning 30 aprel kuni Vankuverda o'tadigan kongressida Rossiyani xalqaro maydonga qaytarish masalasi ko'rib chiqiladi.
Muhokama qilinayotgan asosiy jihatlar:
- Rossiya asosiy terma jamoasidan tashqari, o'smirlar, yoshlar va ayollar jamoalarining ham qaytishi ko'rib chiqilmoqda.
- Rossiyaning to'laqonli maqomda — milliy bayroq va madhiya bilan ishtirok etish varianti ham istisno etilmayapti.
- Ijobiy qaror qabul qilinish ehtimoli yuqori baholanmoqda va bu aprel oyining o'zidayoq amalga oshishi mumkin.
Hozircha asosiy to'siq sifatida xavfsizlik masalasi qolmoqda. FIFA o'yinlarni neytral maydonlarda yoki xavfsizlik taminlangan Rossiya shaharlarida o'tkazish variantlarini ham tahlil qilmoqda. Rossiya delegaciyasi aprel oyidagi kongressga rasmiy taklifnoma olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar