"Uning o'g'li futbolni yaxshi ko'radi, demak menda ittifoqchi bor" - Infantino Tramp haqida
25 fev 15:44
Yangiliklar
"Uning o'g'li futbolni yaxshi ko'radi, demak menda ittifoqchi bor" - Infantino Tramp haqida
Trampning o'g'li — FIFAning "quroli":
Infantinoning takidlashicha, AQSH rahbari bilan muzokaralar olib borishda uning o'g'li Berronning futbolga bo'lgan qiziqishi juda qo'l kelmoqda:
"Trampga futbol yoqadi, lekin uning o'g'li Berronga bu sport turi yanada ko'proq manzur keladi. Shunday ekan, uni ishontirishda menga yordam beradigan ittifoqchim bor."
Jahon chempionatining ahamiyati:
Shuningdek, FIFA prezidenti Tramp turnirning global miqyosdagi o'rnini tez tushunganini etirof etdi:
"Ammo haqiqat shundaki, Tramp Jahon chempionati kabi yirik voqeaning mohiyatini va uning dunyo uchun qanchalik muhimligini juda tez anglab etdi. U bizga tashkiliy ishlarda juda katta yordam bermoqda", — dedi Janni Infantino.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo'lib o'tadi va unda tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar