Ronaldu yana qancha muddat o'ynamoqchiligini aytdi
18 jan 2022 08:25
Yangiliklar
Ronaldu yana qancha muddat o'ynamoqchiligini aytdi
“Birinchi navbatda 20 yil davomida men bilan birga terma jamoada o'ynagan barcha jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Jahon rekordi 109 ta gol edi, shunaqami? Hozir esa men uni 6 ta golga yaxshiladim. Bundan faxrlanaman.
Men juda xurmat qiladigan tashkilot FIFA tomonidan maxsus sovrinni qo'lga kiritdim. SHuningdek, oila-azolarimga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Tez orada yana ota bo'laman. Tarixdagi eng yaxshi to'purar bo'lish ajoyib, bundan faxrlanaman.
Menda hali ham o'ynashga va gol urishga ishtiyoq bor. Besh yoshimdan futbol o'ynayman. Mashg'ulotlarga kirishganimdagi motivaciyam ham hali bor.
37 yoshimga qaramay, o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Qattiq mehnat qilishda davom etaman va o'ynashni xohlayman. Yana 4-5 yil davomida faoliyatimni davom ettirishimga umid qilaman. Agar tanangizga yaxshi munosabatda bo'lsangiz, u ham sizga kerak bo'lganda javob qaytaradi”, deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar