Ronaldu: “Rossiya maydonlari menga doim omad keltirgan”
25 okt 2017 01:22
Yangiliklar
Ronaldu: “Rossiya maydonlari menga doim omad keltirgan”
FIFA talqini bo'yicha 2017 yilning eng yaxshi futbolchisiga aylangan “Real” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronaldu tashkilot rasmiy saytiga bergan intervyusida, keyingi yili Rossiya yashil maydonlarida o'tadigan JCH haqida to'xtaldi.
“Men bir necha bor Rossiyada maydonga chiqqanman. U erda men CHempionlar ligasi g'olibiga aylanganman. Ushbu yurt doimo menga omad keltirgan. Albatta yozda ushbu davlatda o'tgan Konfederaciyalar kubogi musobaqasiga buning daxli yo'q. Turnir tajriba bobida bizga yaxshi saboq bo'ldi. Biz chililiklarga faqatgina penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik. Agar bunga pozitiv munosabatda bo'lsak, bu mag'lubiyat biz bilan JCH vaqtida sodir bo'lgani yo'q”, deydi Ronaldu.
Fikrlar