Ronaldu JCHdan keyin "Al Nassr" bilan shartnoma imzolash uchun Ar-Riyodga uchadi
09 dek 2022 14:12
Yangiliklar
Ronaldu JCHdan keyin "Al Nassr" bilan shartnoma imzolash uchun Ar-Riyodga uchadi
Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga yaqin turibdi.
"Marca" jurnalisti Xose Feliksning aytishicha, hujumchi Portugaliya terma jamoasining JCH-2022dagi ishtirokidan so'ng "Al Nassr" bilan kelishuvni rasmiylashtirish uchun Ar-Riyodga uchib ketadi.
"Krishtianu Ronaldu kelajagi haqida xabardor. Uning kelajagi Saudiya Arabistoni futbolida.
U klub bilan mutlaq kelishuvga erishdi. Endi u klub bilan tanishib, hujjatlarga imzo chekish-chekmaslik bo'yicha qaror qabul qilishi lozim. Bu jamoa o'sishga harakat qilmoqda va Saudiya Arabistoni futboli gegemoniga aylanishni xohlayapti.
SHartnoma ikki yarim yilga mo'ljallangan. Ronaldu maoshining bir qismini o'yinlardan, ko'p qismini esa reklamadan oladi.
Tez orada agar rejalar o'zgarib ketmasa, u Jahon chempionatidan so'ng Ar-Riyodda paydo bo'ladi va shartnoma imzolaydi", – dedi Feliks.
Avvalroq Championat.asia birinchilardan bo'lib Ronalduning "Al Nassr"ga o'tayotgani haqida "Eshitdik-da" rukni ostida xabar bergan edi.
SHundan so'ng darhol "Mundial studiya" efiri davomida "Al Nassr"da to'p tepayotgan Jaloliddin Masharipov bilan bog'lanib, undan 7-raqamni Ronalduga berishi yoki bermasligi haqida so'ragan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar