Ronald Kuman: "Suares qolishi va mening nohaq ekanligimni isbotlashi mumkin edi"
12 okt 2020 00:15
Yangiliklar
Ronald Kuman: "Suares qolishi va mening nohaq ekanligimni isbotlashi mumkin edi"
"Suaresga asosiy tarkibda maydonga tushishi qiyin masala ekanligini aytgandim. Bu esa unga qiyinchilik tug'dirishini aytdi. O'rtamizda hech qanday muammo bo'lmagan.
U mashg'ulotlarda yaxshi qatnashdi va yakunda jamoani tark etishga qaror qildi. Agarda futbolchi jamoaning bir bo'lagi bo'lsa, asosiy tarkibda maydonga tushmasa, o'ziga berilgan imkoniyatdan foydalanib, bosh murabbiyning nohaq ekanligini ko'rsatishi kerak. Ha, u qolishi mumkin edi.
Luis bilan munosabatlarim yaxshi. Biroq klubdagilar tarkibning yosharishini istadi. Tarkibga qarang, Ansu Fati 17 yoshda, Pedri ham 17 yoshda. Ularga bir xilda imkon berilmoqda. Arauxo 21 yoshda. Trinkau 20 yoshda. SHuningdek, 19 yoshli Serjino Destni ham sotib oldik. Ular kelajak uchun kerak", - dedi Kuman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar