So’nggi yangiliklar

22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  0 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  5 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  3 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  16 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  4 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  12 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  16 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6

"Roma" o'z futbolchisiga ultimatum qo'ydi – yoki u ketadi yoki shartnomasi oxirigacha maydonga tushmaydi Yangiliklar

"Roma" o'z futbolchisiga ultimatum qo'ydi – yoki u ketadi yoki shartnomasi oxirigacha maydonga tushmaydi

Rimning "Roma" klubi o'z futbolchisi Nikolo Dzanologa ultimatum qo'ydi.

Yarim himoyachi qishda "Roma"dan ketmoqchiligini malum qilgandi. U "Milan"ga o'tishni xohlagandi, ammo "Roma" bilan transfer borasida "Bornmut" kelishuvga erishdi. "Milan" Angliya klubi bilan teng taklifini bera olmadi va kurashdan chiqdi.

Rim klubi Dzanolo borasida faqat "Bornmut"dan rasmiy taklif oldi.

Corriere dello Sport malumotiga ko'ra, Nikolo endi "Roma"da qolishni istamoqda, ammo u va klub o'rtasidagi munosabat yomonlashib bo'ldi.

"Roma" xo'jayinlari Den va Rayan Fridkinlar Dzanoloning "Bornmut"ga o'tishi bo'yicha muzokaralarda shaxsan ishtirok etishdi va futbolchi borasida jiddiy qaror qabul qilishdi.

Dzanologa ultimatum qo'yishdi: U yoki "Bornmut"ga ko'chib o'tishga rozi bo'lishi kerak yoki yozgacha "Roma"da qolishi va umuman maydonga tushmasligi kerak. Fridkinlar Dzanolo klubda qolsa shartnoma muddati tugaguniga qadar faqat tribunada o'tirishini malum qilishdi. Futbolchining shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amal qiladi.

Oldinroq "Bornmut" xavbek uchun 30+5 mln evro va keyingi sotuvdan 10% pulni taklif qilgandi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика