"Roma" Dibalaning maoshini oshirishga tayyor
17 jan 2023 11:07
Yangiliklar
"Roma" Dibalaning maoshini oshirishga tayyor
Rim klubi hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi "Calciomercato".
Manbaga ko'ra, rahbariyat 29 yoshli argentinalik futbolchiga yiliga 6 million evro maosh bilan uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga shay. 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan amaldagi shartnomaga ko'ra, futbolchi bir mavsum uchun 4,2 million evro maosh oladi.
Dibala "Roma"ga 2022 yilning iyul oyida erkin agent sifatida o'tgandi. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa safida 16 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar