“Roma” “Barselona”ning bir yo'la ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
08 may 2020 08:04
Yangiliklar
“Roma” “Barselona”ning bir yo'la ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
“Roma” yozgi transferlar vaqtida “Barselona”dan Xunior Firpo hamda Jan-Kler Todiboni sotib olishga harakat qiladi. Malum bo'lishicha, Rim klubi allaqachon ikkala himoyachi transferi yuzasidan “Barselona” sport direktori Erik Abidal bilan aloqaga chiqqan. Kataloniya klubi ikkala futbolchisini ham sotishga tayyorligini bildirgan. Takidlanishicha, ikkala himoyachining transferi 50 mln evroga baholanmoqda. Yani har biri 25 mln evrodan.
Malumot uchun, Firpo 2019 yil yozida “Betis”dan 20 mln evro evaziga olib kelingandi. U joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 17 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Todibo esa 2020 yil yanvarida “SHalke-04”ga ijaraga berib yuborilgan. Francuz joriy mavsum jami 10 ta o'yinda ishtirok etdi, xolos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar