Roberto "Barselona"da qolmoqchi
28 dek 2022 18:42
Yangiliklar
Roberto "Barselona"da qolmoqchi
"Barselona" himoyachisi Serji Roberto Kataloniya klubida qolish istagini bildirdi. 30 yoshli himoyachining "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
"Biz hali "Barselona" bilan gaplashmadik, lekin men qolishni xohlayman. Avvalroq murabbiylar shtabi mendan mamnun ekanligini va qolishimni aytgandi. Men yana futboldan zavq olyapman va shartnomani uzaytirishdan juda xursand bo'laman. Menda yaxshi tuyg'u bor, "Barsa" libosida o'ynashdan rohatlanishni istayman.
Ishonchim komilki, 2023 yil men uchun juda boshqacha yil bo'ladi va jarohatlar unutiladi. Men bunga 100% aminman. Siz har doim yaxshilanishingiz mumkin, ammo bilamanki, mavsumning ikkinchi qismida har qachongidan ham yaxshiroq bo'laman", – dedi futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar