"Rivojlanish kubogi". O'zbekiston U-17 termasi Rossiyaga qarshi o'yinda 0:2ni 2:2ga aylantira oldi
18 fev 2024 14:16
Yangiliklar
"Rivojlanish kubogi". O'zbekiston U-17 termasi Rossiyaga qarshi o'yinda 0:2ni 2:2ga aylantira oldi
Dastlabki turda vakillarimiz Rossiya U-16 termasiga qarshi maydonga tushishdi.
Qiziqarli bellashuvda raqiblarimiz 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi, 18-daqiqada esa hisob 2:0 ko'rinish oldi.
SHunga qaramay, o'zbekistonlik futbolchilar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi va Davron To'laganovning dubli evaziga muvozanatni tiklashdi.
Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoalar qanchalik urinmasin, boshqa gol ura olishmadi.
Rossiya U-16 — O'zbekiston U-17 2:2
Gollar: 1:0 Roman Bosov 1`; 2:0 Daniil Tushich 18` — 2:1 Davron To'laganov 24`; 30.
O'zbekiston U-17 — 1. Rasul Mamatov, 4. Behruzjon Karimov, 5. Diyor Ermanov, 6. Ozodbek Ibodullaev, 7. Quvonchbek Abraev, 8. SHahobiddin Po'latov, 14. Orzibek Turg'unov, 18. Azizbek Anvarov, 19. Ozodbek Todjiev, 20. Alisher SHukurov, 22. Davron To'laganov.
Zaxira: Zayniddin Yusufxonov, SHorahim SHorahmedov, Muhammadali Qodirjonov, Asadbek Anvarov, Jasurbek Jumaboev, Diyorbek Qo'shmatov, Saddam Ahmadov, Og'abek Eshmamatov, Komronbek Yusupov.
Uchrashuvni havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar