Rivaldo: "Jahon chempioni, bir necha yuz millionlik futbolchi so'nggi daqiqalarda o'yinga tushayotganini tushunmayapman"
02 iyu 2020 23:36
Yangiliklar
Rivaldo: "Jahon chempioni, bir necha yuz millionlik futbolchi so'nggi daqiqalarda o'yinga tushayotganini tushunmayapman"
"Barselona" sobiq futbolchisi Rivaldo hujumchi Antuan Grizmanning klubdagi holat haqida gapirdi.
"Tushunmayman, nima sababdan bir necha yuz millionlik futbolchi, "Atletiko" va Franciya termasi etakchisi "Barselona" tarkibida so'nggi daqiqalarda maydonga tushmoqda.
Bu esa jamoada ishlar joyida emasligini ko'rsatadi. Agarda Grizmann shunday muhim o'yinlarda qatnashmayotganini inobatga olsak, yoki u yomon holatda, yoki transfer xato bo'lgan degan hulosaga kelamiz.
"Barselona"ning hozirgi holati ko'pchilikni tashvishga solmoqda. Bularning barchasi jamoaning chempion bo'la olmasligiga olib kelishi mumkin", - dedi Rivaldo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar