So’nggi yangiliklar

17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  0 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  0 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  2 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6

"Real"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi Yangiliklar

"Real"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi

Teglar :  RealAsr jamoasi
Bugun 2000 yildan so'ng "Real" sharafini himoya qilgan eng kuchli 11 nafar futbolchi haqida eslab o'tamiz.


Iker Kasilyas



"Real"ning doimiy birinchi raqamli posboni. Klubning yaxshi va yomon kunida doimo birga bo'lib kelgan. Albatta, dastlabki mavsumlarda xatolar bo'lib turgan. Biroq, uni istedodi tufayli barcha kechira olardi. Aynan mana shunday qo'llab-quvvatlashlar ostida u o'z mamlakatining eng yaxshi darvozaboniga aylana oldi.
Ammo, Ikerning "qirollik klubi"dan ketishi yaxshi bo'lmagandi. Mayli, Kasilyasni bugungi kunda uning qay tarzda ketgani uchun emas, ajoyib o'yinlari tufayli yodimizda saqlaymiz.


Roberto Karlos



O'z vaqtida dunyoning eng kuchli chap qanot himoyachisi bo'lgan. Jarimadan beradigan kuchli zarbalari esingizdan chiqib qolmadimi? U shuningdek jamoadoshlari uchun ham ajoyib vaziyatlar yaratib bera oladigan futbolchi edi.


Pepe



Mourino davrida u dunyoning eng kuchli va neadekvat himoyachisiga aylandi-qoldi. Futbolchi raqiblarini shunchaki "eb qo'yardi". Xattoki, bir marta 10 ta o'yinga ham diskvalifikaciya olgan. "Qirollik klubi"ga Karlo Anchelotti kelganidan so'ng esa u mavsum davomida Messidan ham kam sariq kartochka oldi.


Serxio Ramos



"Tilla bola"ning "Sevilya"dan "Real"ga ko'chib o'tganida rosa gap-so'zlar bo'lgandi. O'shanda madridliklar himoyachi uchun yaxshigina pul to'lashgandi. Biroq, bugungi kunda Ramosning jamoadagi o'rnini hisobga oladigan bo'lsak "Real" o'sha paytda ushbu transferni amalga oshirib xato qilmaganini tushunishingiz mumkin. Serxio o'zining boshi bilan jamoasiga bir qancha kuboklarni taqdim etgan.

Ramos to'purar himoyachi. "Real"ga gol kerakmi? Jamoa so'nggi daqiqalarda burchak to'pi ishlaydi va... davomini o'zingiz bilasiz.



Michel Salgado



Salgado aslida APL jamoasida o'ynash uchun tug'ilgan. Biroq, o'zining "Real"da 10 ta mavsum davomida ko'rsatgan o'yinlari orqali ushbu tarkibga kirishga loyiq futbolchi bo'lgan.


Kristianu Ronaldu



Xattoki futboldan uzoq bo'lgan uy bekalari ham u haqida bilishadi. Ronaldu "Real"ga yulduz bo'lib kelgan va o'z saviyasida o'ynab keta olgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. To'g'ri, Krishtida omadsiz o'yinlar ham bo'lgan. Ammo, Ronaldu uchun omadsiz hisoblangan mavsumd 99 foiz futbolchi uchun orzu hisoblanadi!


Zinedin Zidan



"Galaktikos"da u eng taniqli yulduz edi. Zidandan doimo o'yinni o'zgartirib yuborishni kutishardi. Muxlislar, matbuot, umuman, barcha-barcha Zidanni yaxshi ko'rardi.

U bugungi kunda sevimli jamoasining bosh murabbiyi hisoblanadi va Madrid klubidagi ishlari chakki emas.


Guti



Ispaniyalik to'p ustasi nima uchundir omadsiz futbolchilar sirasiga kiradi. Faoliyati davomida yulduz futbolchilar bilan birga o'ynagan. U "Real"da 15 mavsum o'tkazgan.


Luish Figu



Aynan Figuning transferidan boshlab "Real"da "galaktikos" davri boshlangan. "Barselona"dan "Real"ga o'tish tarixi haqida esa kattagina maqola tayyorlasa bo'ladi.


Raul




Yerroning ketishi ortidan, Raul "Real" sardoriga aylanadi va ko'p yillar davomida "qirollik klubi" sharafini himoya qiladi. Raulning "Real"dagi faoliyati haqida ortiqcha tarif berib o'tirmasak ham bo'ladi.


Ronaldo



U "Inter"da ikkita og'ir jarohatni boshidan o'tkazgandi. Ko'pchilik o'shanda Ronaldoning faoliyati yakuniga etayotgani haqida gapira boshlagan. Biroq, u Ispaniya poytaxtida fantastik uch mavsumni o'tkazadi va to'purarga aylanadi.


Sizningcha ushbu tarkibdan yana kimlar o'rin olishi mumkin? O'z variantlaringiz bilan o'rtoqlashing!

sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Kecha "Barselona"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi ni etiboringizga taqdim etgandik

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика