So’nggi yangiliklar

19:10Камолиддин Тожиев: "Эртага ҳамма 100 фоиз тайёр. Ўтган ўйинни эсдан чиқардик. Мухлисларни хурсанд қиламиз"  0 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  4 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  4 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  8 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  6 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20

"Real"dagilarning fikricha, Ispaniyada VAR "Barsa"ga yon bosadi Yangiliklar

"Real"dagilarning fikricha, Ispaniyada VAR "Barsa"ga yon bosadi

Teglar :  Real Barselona
"Real" vakillarining fikriga ko'ra, Ispaniyada VAR ko'proq "Barselona" foydasiga qaror chiqaradi.

Malumotlarga ko'ra, "Real"dagilar chempionlik uchun kurashda "Barselona"ga mag'lub bo'lishganini tushingan. Bunga asosiy sabab sifatida jamoa tarkibi etarli darajada kuchaytirilmagani sabab sifatida ko'rsatilmoqda.

"Real" rahbariyati VARga bo'lgan ishonchni ancha oldin yo'qotgandi. Ularning fikricha, bu tizim turnirga tasir o'tkazmoqda. "Real"dagilarning fikricha, joriy mavsum VAR chiqargan qarorlar "Barselona" foydasiga ishlamoqda. "Negreyra ishi" bo'yicha malum bo'layotgan infolar "Madrid"dagilarning bu fikrini yanada tasdiqlab bormoqda.

Misol sifatida "Barselona" hamda "Valensiya" o'rtasida o'tkazilgan bahsdagi vazit keltirilgan. O'sha o'yinda hakamlar 86-daqiqada Kataloniya klubi jarima maydonchasi ichida Frank Kessi hamda Fransisko Peres o'rtasidagi kontaktni ko'rib chiqishmagan. Bundan tashqari "Atletik"ning "Barselona"ga urgan goli bekor bo'lishi ham VARdagilarning xatosi deyilmoqda.

"Real"dagilar kecha bo'lib o'tgan "Barselona"ga qarshi bahsda ikki vaziyatda VARdan norozi bo'lishdi. Birinchisi - Marko Asensioning goli bekor bo'lganidan, ikkinchisi - Gavining Sebalosga ishlatgan folidan. "Barselona" yarim himoyachisi to'psiz turgan futbolchiga hujum qilgan. Gap bosh hakam qarorlari haqida emas, VARda ishlagan referilar haqida ketmoqda.

"Qirollik klubi"dagilarning fikricha, bunday voqealar CHempionlar ligasida sodir bo'layotgani yo'q. LaLiga va CHempionlar ligasidagi hakamlar ishi farq qiladi. "Bu faktlar, so'zlar emas" - dedi "Real"dagi manbalardan biri.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика