"Real"da Mbappening o'tishiga ishonch ortmoqda. Peres "Barsa"ga "manan zarba" bermoqchi
03 fev 2024 20:17
Yangiliklar
"Real"da Mbappening o'tishiga ishonch ortmoqda. Peres "Barsa"ga "manan zarba" bermoqchi
So'nggi kunlar "Real"da Kilianning o'tishi borasidagi ishonch juda o'sdi, ammo masala hali yopilmagan.
Florentino Peres Mbappe bilan shartnoma imzolash ustida ishlashda davom etmoqda. U yangi "galaktiko" bilan shartnoma imzolab rekonstrukciya qilingan "Santyago Bernabeu"ni ochmoqchi, shuningdek u moliyaviy muammolar va o'yinchilarni o'z safiga o'tishga ko'ndirish (so'nggi misol – "Tottenxem" uchun "Barselona"ni rad etgan Lukas Bergvall) bilan bog'liq qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan "Barselona"ga "manan zarba" bermoqchi.
"Real" kiyim almashtirish xonasida Mbappening yozda jamoaga qo'shilishiga ishonch oshgan. "Harakatlar ko'rinmoqda. Nimadir ro'y bermoqda... Hozircha shu", – deya malum qildi kiyim almashtirish xonasidagi manba. Jamoada Mbappe va "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis haqida tez-tez gapirilmoqda.
Qayd etilishicha, "Real" o'tgan yozda Xarri Keyn yoki Kay Xaverc bilan shartnoma imzolamadi, sababi ushbu transferlar amalga oshgan taqdirda 2024 yilning yozida Mbappening o'tishiga pul etmasdi. O'shanda Peres, Xose Anxel Sanches va Xuni Kalafat Kilianning transferi uchun masalani keyingi surishga qaror qilishgan.
Mbappe joriy mavsum PSJ tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar