"Real" yaqin yillar ichida Ispaniya termasi asosi bo'lishni istamoqda
17 noy 2024 14:50
Yangiliklar
"Real" yaqin yillar ichida Ispaniya termasi asosi bo'lishni istamoqda
"Relevo" malumotiga ko'ra, "Real" rahbarlari bir ovozdan ispaniyalik futbolchilarni ko'proq tarkibga jalb qilish borasida kelishishgan. SHu orqali jamoa Ispaniya termasining asosi bo'lishni reja qilishgan. Endilikda "Real" Ispaniya termasida o'ynaydigan futbolchilarni tarkibga jalb qilish borasida ko'proq o'ylaydi.
So'nggi yillarda jamoaga jalb qilingan ispaniyalik futbolchilar ishonchni oqlamagani bois etibor legionerlarga qaratilgandi. Ammo Ispaniyaning turli yoshdagi termalari va asosiy termasi butun dunyoni zabt etayotgan paytda klub o'z transfer siyosatiga o'zgartirishlar kiritadi. Noyabr oyida "Real"ning biror futbolchisi Ispaniya termasiga chaqirilgani yo'q.
Ayni damda Ispaniya termasida o'ynayotgan Rodri, Emerik Laport va Pedro Porro kabi futbolchilar "Real" nishonida bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar