"Real" Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha faol ish olib bormoqda - Romano
24 mar 07:56
Yangiliklar
"Real" Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha faol ish olib bormoqda - Romano
Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish ustida faol ishlamoqda.
Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Malumotlarga ko'ra, ispan klubi rahbariyati futbolchidan juda mamnun, "qaymoqrang"lar prezidenti Florentino Peres esa braziliyalikning shartnomani uzaytirishiga shaxsan qiziqmoqda. Hozir hamma narsa Vinisiusning o'zining qaroriga bog'liq, muzokaralar davom etmoqda.
Vinisius 2018 yil yozidan beri "Real"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 million evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Голларга бой ўтган Мадрид дербисида "Реал" "Атлетико"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Альваро Арбелоа: "Тарихдаги энг яхши дарвозабон жароҳат олди. Лекин бизда яна бир фантастик кипер бор"
Fikrlar