So’nggi yangiliklar

21:35Эрон. "Истиқлол" ўз майдонида "Фулад"га мағлуб бўлди  2 21:03Конференциялар лигаси. "Легия" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 20:50"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси А Серияга қайтиши мумкин  0 20:24"Барселона" собиқ устози: "Бундай ҳолатлардан фақатгина "Реал" чиқиб кета олади"  17 19:55"Тоттенхэм" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 19:31Де Брюйнега Саудия Арабистонидан йилига 24 млн евро таклиф қилишди  2 18:12Анчелотти "Реал"дан кетгач, Италияга қайтиши мумкин...  11 17:45Осимхен қанча маош сўраётгани маълум  1 17:23"Арсенал" икки ёш иқтидори билан янги шартнома имзоламоқчи  1 16:47Винисиус 1 миллиардлик таклифни рад этди  3 16:25Игорь Сергеев: "Терма жамоадан чақирув? Қўлимдан келганича ҳаракат қиламан"  25 15:54"Пахтакор" - ОКМК учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:25Муҳаммадали Ўринбоев: "Пахтакор" – чемпион жамоа. Шундай экан, Кубокда охиригача курашамиз"  5 15:18Артета мураббийлар штаби 2027 йилгача "Арсенал"да қолади  2 15:00Чиройли ва ишончли ғалаба. Чорак финалдаги рақибимиз ким бўлади?  21

"Real" va "Napoli" "Atalanta" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda Yangiliklar

"Real" va "Napoli" "Atalanta" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Madridning "Real" klubi kelajakda Karim Benzema o'rnini bosadigan hujumchi qidirmoqda.

Italiya matbuoti "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylunn Madrid klubining radariga tushib qolgani haqida xabar bermoqda. Daniyalik futbolchiga "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda.

Karim Benzema hozirda "Real Madrid"ning asosiy o'yinchilaridan biri. Biroq so'nggi paytlarda 2022 yilgi "Oltin to'p" sohibi ko'proq jarohatlarni davolash bilan band va har doim ham Karlo Anchelotti ixtiyorida emas.

"Real" uzoq vaqtdan beri Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash orqali hujumni kuchaytirmoqchi edi. Biroq yakunda franciyalik futbolchi PSJda qoldi, Madridning yana bir transfer maqsadi Erling Holand esa "Manchester Siti"ga o'tdi.

"Il Corriere del Mezzogiorno" xabariga ko'ra, "Real" A Seriyadan futbolchi sotib olishi mumkin. 20 yoshli daniyalik futbolchi joriy mavsumdan boshlab "Atalanta"da o'ynamoqda.

To'purar Italiyada tobora kuchayib boryapti. U ushbu mavsum A Seriyada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Unga ancha kuchli klublarning skautlari etibor qaratdi.

Xoylunnga "Real"dan tashqari "Napoli" ham qiziqmoqda. Agar "adzurri" yozda o'zining eng yaxshi to'purari Viktor Osimxenni sotishga qaror qilsa, yangi hujumchi kerak bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика