"Real" Moratani kamida 90 mln. evroga sotadi
07 iyu 2017 10:29
Yangiliklar
"Real" Moratani kamida 90 mln. evroga sotadi
"Real" rahbariyati o'z hujumchisi Alvaro Morata transferidan kamida 90 mln. evro ishlab olmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, "Real" bu mablag'ning 80 mln. evroni tezda o'z hisobiga o'tkazib olmoqchi, shu bilan birga "Qirollik klubi" yana 10 mln. evro bonusga umid qilmoqda. Morata xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
"Qirollik klubi"dagilar Ispaniya terma jamoasi futbolchisining o'yinidan mamnun va u bilan xayrlashish istagida emaslar. "Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Morataga unga ishonch bildirayotganini aytgan. Futbolchining iltimosiga ko'ra, klub uning transferi borasida muzokaralar o'tkazishga rozi bo'ldi, ammo narxni pasaytirmoqchi emas.
Oldinroq, Morata "Manchester Yunayted" bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar