"Real" "Benfika" himoyachisi bilan kelishib oldi, klubni rozi qilish qoldi
08 iyu 22:40
Yangiliklar
"Real" "Benfika" himoyachisi bilan kelishib oldi, klubni rozi qilish qoldi
Bu haqda Marca xabar bermoqda. Avvalroq, Portugaliya klubi prezidenti Ruy Koshta "Real" 22 yoshli futbolchiga taklif bildirmaganini malum qilgan edi.
Manba malumotiga ko'ra, hozircha Alvaro Karreras transferi bo'yicha bitim yakuniga etmagan, biroq tomonlar kelishuvga yaqinlashib qolishgan. Shu bilan birga, "Qirollik klubi" allaqachon "Benfika" himoyachisi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan.
O'tgan mavsumda Karreras barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar