"Real" Mbappega "Atletiko" bilan o'yinga borishni taqiqladi
29 sen 2024 14:22
Yangiliklar
"Real" Mbappega "Atletiko" bilan o'yinga borishni taqiqladi
"Real"ning jarohat olgan franciyalik forvardi Kilian Mbappe "Atletiko" bilan derbiga tashrif buyurmoqchi va o'z jamoasini tribunadan qo'llab-quvvatlamoqchi edi.
Ammo, "qaymoqranglilar" bosslari yulduz futbolchiga o'yinga borishni taqiqladi. Madrid klubi rahbariyati "matraschilar" muxlislari tomonidan provokaciyadan xavfsiramoqda.
Kilian Mbappe "Real"ga o'tgan yozda qo'shildi. Futbolchi 9 o'yinda 7ta gol va 1ta assist qayd etdi. Kilian "Alaves" (3:2)ga qarshi o'yinda jarohat oldi va bir necha haftaga safdan chiqdi. "Atletiko" bugun o'z uyida La Liga 8-tur doirasida "Real"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar