So’nggi yangiliklar

15:54Про лига. "ФарДУ" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  3 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   21 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6

"Real Madrid" yangi posboni Andrey Lunin haqida Yangiliklar

"Real Madrid" yangi posboni Andrey Lunin haqida

"Qirollik klubi" yangi posboni kim u?

"Mening sevimli jamoam "Real Madrid". Albatta, qachondir imkon bo'lib, bu klub tarkibiga o'tish va jamoa tarkibida, o'sha top darajadagi o'yinlarda ishtirok etishni xohlardim", – degandi Lunin 2017 yil may oyida. 

Kuni-kecha futbolchi "Qirollik klubi" bilan 6 yillik shartnomaga imzolaganidan xabaringiz bor albatta. Transfer narxi - 9 million evro deb baholandi. 

Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning narxi - 3.5 million.

Andrey Lunin Xarkovdan 100 kilometr uzoqlikdagi Krasnograd shahrida tavallud topgan.

Xarkovning "Metallist" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yilda "Dnepr" bilan shartnoma imzolaydi va birinchi mavsumni yoshlar jamoasida o'tkazadi. Asossiy jamoa tarkibidagi debyutini 2016 yil oktyabr oyida nishonlaydi. O'z imkoniyatidan unumli foydalangan yosh posbon tezda Dneprning asosiy posboniga aylanadi.

Ukraina U-17 yoshlar terma jamoasi tarkibida yoshlar o'rtasida Evropa CHempionati-2016 ishtirokchisi hisobalanadi. Lunin o'sha musobaqada termasining asosiy darvozaboni bo'lgan. 2017 yildan U-19 termasiga chaqirila boshlagan. 2017 yil 23 may kuni Lunin ilk bor mamlakat asosiy terma jamoasiga chaqiruv oladi.

2017 yil iyun oyida darvozabon Luganskning "Zarya" jamoasiga o'tadi va 2017/18-yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, klubning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinadi.

Terma safida debyut 2018 yilning 23 martida Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinla (1:1) amalga oshdi. SHu tariqa, Lunin Ukraina tarixida terma jamoa safida maydonga tushgan eng yosh darvozabon bo'lishiga imkon berdi. 

Lunin ajoyib reakciya sohibi va mushtlari bilan ajoyib harakat qiladi, lekin doim ham to'pga chiqishda ishonchli har doim ham ishonchli harakat qilmaydi – shu borada yosh Lunin o'z ustida hali ko'p ishlashi zarur. Ammo uning eng asosiy ustun tomoni va etirofga sabab bo'lgan jihat bu uning sovuqqonligidir.

Ukraina terma jamoasi tarixidagi eng yosh darvozabon mavsumoldi tayyorgarlikka "Real" bilan yo'l oladi, ana o'sha erda futbolchining keyingi taqdiri aniq bo'ladi. Xulen Lopetegi yosh futbolchilarga etibor berishni xush ko'radi. Demak, yosh Andreyga ham imkon berishlari aniq.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика