"Real" Luninning kelajagi borasida bir qarorga keldi
22 mar 2024 12:58
Yangiliklar
Madridning "Real" klubi darvozabon Andrey Luninni o'zida saqlab qolmoqchi va u uchun yangi shartnoma tayyorladi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. "Qaymoqranglilar" futbolchiga yangi bitim taklif qilishga va uni uzoqroq muddatga klubda qoldirishga tayyor. Biroq hammasi o'yinchining o'ziga bog'liq bo'ladi.
Lunin joriy mavsum Tibo Kurtuaning jarohati tufayli "Real"ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Biroq keyingi mavsumda ukrainalik yana ikkinchi raqamga aylanadi. Belgiyalikning qaytishi uning kelajagi haqidagi qarorlariga tasir qilishi mumkin.
25 yoshli posbon ushbu mavsum barcha turnirlarda 23 ta o'yin o'tkazib, shulardan 10 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar