"Real" himoyadagi jarohatlardan so'ng franciyalik himoyachiga etiborni kuchaytirdi
11 noy 2024 13:46
Yangiliklar
"Real" himoyadagi jarohatlardan so'ng franciyalik himoyachiga etiborni kuchaytirdi
"Real" "Osasuna" ustidan qozonilgan g'alabali o'yinda (4:0) ko'plab jarohatlarga duch keldi, jumladan Militao ham uzoq vaqt safdan chiqdi.
SHu munosabat bilan klub navbatdagi transfer oynasida mudofaa chizig'ini kuchaytirishi mumkin, deya xabar berdi "Madrid Universal".

Nomzodlardan biri "Leypcig"dan 20 yoshli franciyalik himoyachi Kastello Lyukeba. U Bundesliganing eng iqtidorli yosh o'yinchilaridan biri sanaladi va "Real" uni anchadan beri kuzatib kelmoqda.
Biroq "Real" kelasi yozgacha kutishiga to'g'ri kelishi mumkin, chunki klub yanvar oyida Lyukebani qo'lga kiritish uchun katta pul to'lashi lozim. Futbolchining shartnomasida tovon puli 90 mln evro qilib belgilangan, biroq u faqat 2025 yilning yozida kuchga kiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar