So’nggi yangiliklar

15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  0 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  0 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  2 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3

“Real” Gvardiol uchun 120 million evro taklif qildi Yangiliklar

“Real” Gvardiol uchun 120 million evro taklif qildi

Yoshko Gvardiol "Real Madrid" etiborini tortdi.

20 yoshli futbolchiga "CHelsi" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Uning "Leypcig" bilan shartnomasidagi 110 million evrolik tovon puli 2024 yilning yozida kuchga kiradi.

Jurnalist Alfredo Pedullaning so'zlariga ko'ra, Gvardiol uchun dastlab “CHelsi” 80 million evro taklif qilgan, keyinroq “Real” 90 million to'lashga tayyorligini bildirgan.

Ammo bu summa "RB Leypcig"ni qoniqtirmadi va so'nggi 15 kun ichida madridliklar Yoshkoning transferi bo'yicha ikki bor uchrashuv o'tkazdi.

"Qaymoqranglilar" futbolchi uchun 60 milliondan ikkita marta to'lov qilish evaziga jami 120 million evroni, shuningdek, turli bonuslarni taklif qilishdi. Qolaversa, "Manchester Siti" ham 100 million evrodan ko'proq pul to'lashga tayyorligini bildirgan.

Maoshga kelsak, "CHelsi" himoyachiga yiliga 9 million evro, "Real Madrid" esa 6 million evro taklif qilgan, ammo Gvardiol "Real"ga ko'proq qiziqish bildirgani uchun kamroq maosh olishga tayyorligini aytdi.

Kimoshdi savdosiga qarshi bo'lmagan "RB Leypcig" hamon eng yaxshi taklifni kutmoqda.

Gvardiol Xorvatiya bilan JCH-2022'da bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Yoshko joriy mavsum Bundesligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика