"Real" Anchelotti bilan shartnomani uzaytirmoqchi
28 dek 2023 16:47
Yangiliklar
"Real" Anchelotti bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qishda Madrid jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Bu haqda AS xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 10 yanvar kuni klub rahbariyati italiyalik mutaxassis bilan uchrashib, 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladigan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirgan. O'z o'rnida, Anchelotti ham Madrid klubi bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
64 yoshli Anchelotti "qirollik klubi"ni 2013-2015 va 2021 yildan hozirgacha boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida madridliklar 2021/22 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi, shuningdek, ikki marta CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi.
"Real" Ispaniya chempionati 2023/24 yilgi mavsumida 18 o'yindan keyin 45 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar