Rays: "Bellingem yaqin 15 yil davomida Angliya futboli yulduzi bo'ladi"
29 sen 2022 00:13
Yangiliklar
Rays: "Bellingem yaqin 15 yil davomida Angliya futboli yulduzi bo'ladi"
Angliya termasi futbolchisi Deklan Rays terma jamoadoshi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.
"19 yoshida u kabi o'yin ko'rsatgan futbolchilarni ko'p ko'rmaymiz. Dunyoning ko'plab yosh futbolchilarining o'yinlarini kuzatib boraman. Deyarli barcha sifatlarga ega bo'lish - oson emas. Menimcha u buni tushunib ham turibdi.
Jud bilan birga o'ynaganimda, shunday deyman: "Sen boraver, bemalol hujum qil. Men ortingdan himoya qilib turaman". Bu bizda anchagina yaxshi shakllanib qolgan, u bilan o'ynash maroqli. Umid qilamanki, Jud rivojlanishda davom etadi. U yaqin 15 yil davomida Angliya futboli yulduzi bo'ladi", - dedi Rays.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar