So’nggi yangiliklar

21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  0 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  1 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  12 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  5 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  12 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0

Ravshan Haydarov OCH saralashiga 22 nafar futbolchini jalb etdi Yangiliklar

Ravshan Haydarov OCH saralashiga 22 nafar futbolchini jalb etdi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi 12 iyul kuni BAAga jo'nab ketishi haqidda avvalroq xabar berilgan edi.

15-19 iyul kunlari BAAning Dubay shahrida kelasi yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralash bahslari D guruhi uchrashuvlari o'tkaziladi. Ushbu saralash guruhida mezbon BAA, O'zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar termalari Osiyo CHempionati final bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.

O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur saralash turniriga jami 22 nafar futbolchini jalb etgan. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash bahslarini 15 iyul kuni Livanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ravshan Haydarov jamoasi ikkinchi turda Nepal, turnirning so'nggi turida esa, BAA yoshlariga qarshi bahs olib boradi.

U-22 yoshlar o'rtasidagi OCH saralashi uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:

Dilshod Hamraev (“Bunyodkor”)
Umidjon Hamroev (“Nasaf”)
Botirali Ergashev (“Paxtakor”).

Himoyachilar:
Abbos Otahonov (“Paxtakor”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Husniddin G'ofurov (“Neftchi”)
Xurshid G'iyosov (“Bunyodkor”)
Abdujamol Isroilov (“Dinamo”)
Islomjon Qobilov (“Metallurg”)
Dostonbek Tursunov (“Metallurg”)
Akrom Komilov (“Bunyodkor”)

Yarim himoyachilar:

Azizjon G'aniev (“Nasaf”)
Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)
Javohir Siddiqov (“Qo'qon-1912”)
Doniyor Narzullaev (“Nasaf”)
SHarof Muhitdinov (“Nasaf”)
Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”)
Nurillo To'xtasinov (“Bunyodkor”)

Hujumchilar:
Bobir Abduholiqov (“Nasaf”)
Zabihillo O'rinboev (“Paxtakor”)
Behzod G'anijonov (“Qizilqum”)
Andrey Sidorov (“Qo'qon-1912”)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика