So’nggi yangiliklar

13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  5

Ravshan Ermatov: "Muxlislar Markaziy Osiyoning shiddatli derbilarini sog'inib qolishgan" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Muxlislar Markaziy Osiyoning shiddatli derbilarini sog'inib qolishgan"

Xabar berganimizdek, O'zbekiston Liga kubogining yangi mavsumida qo'shni Qirg'iziston va Tojikiston jamoalari ham ishtirok etadi.

Rasman: O'zbekiston Liga kubogida qo'shni davlatlardan jami 8ta klub qatnashadi

O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov musobaqada qo'shni mamlakatlar jamoalari ishtirok etishi Liga kubogining nufuzi va tomoshabopligini oshirishga ham xizmat qilishini aytib o'tdi:

– O'zbekiston Liga kubogi bahslarida Qirg'iziston hamda Tojikistonning etakchi klublari qatnashishi mazkur musobaqaga bo'lgan etibor va qiziqishning ortishiga sabab bo'ladi. Endilikda mazkur turnir uchrashuvlarini nafaqat O'zbekistonda, balki qo'shni davlatlarda ham kuzatib borishadi. Qolaversa, o'zaro qardosh bo'lgan mamlakatlar o'rtasidagi aloqalar futbol orqali yanada mustahkamlanadi. Katta yoshdagi muxlislar Markaziy Osiyo jamoalarining derbilariga ko'p bora guvoh bo'lishgan. Ular mintaqamiz klublarining o'zaro shiddatli to'qnashuvlarini sog'inishgani tayin. SHu boisdan ham Liga Kubogi bellashuvlariga qo'shni mamlakatlar jamoalarini ham taklif etdik va ular bu taklifni qabul qilishganidan juda ham mamnunmiz. Endilikda muxlislar o'z sevimli jamoalarining Tojikiston yoki Qirg'iziston etakchi klubiga qarshi o'yinini kuzatish uchun qo'shni mamlakatlarga ham borishlari mumkin bo'ladi. Kelasi mavsumlarda mintaqamizning boshqa mamlakatlari jamoalari ham musobaqada ishtirok etishlari kutilmoqda, – deya takidladi O'FA Birinchi vice-prezidenti.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика