Ravshan Eliboev: "Tojikiston bizni yaxshi o'rgangani sezildi"
30 sen 2022 17:00
Yangiliklar
Ravshan Eliboev: "Tojikiston bizni yaxshi o'rgangani sezildi"
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogining 2-turidan o'rin olgan Tojikiston - O'zbekiston (2:3) uchrashuvidan keyin termamiz darvozaboni Ravshan Eliboev fikrlarini bildirdi.

"Tojikiston yaxshi o'ynadi. Ularga qarshi 3 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandik. Bizni yaxshi o'rganishgani sezildi. Pley-offga chiqqanimizdan xursandman. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etdik va mazkur g'alabali seriyani davom ettirmoqchimiz.
Bahraynning Turkmanistonga qarshi bahsini tomosha qildik. Raqib safida jismoniy jihatdan kuchli futzalchilar ko'p ekan. Taktikani murabbiy aniqlaydi, biz esa unga amal qilamiz", – dedi posbon.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning 3-tur o'yini Bahraynga qarshi kechadi. Mazkur o'yin 1 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar