Rasmiy xabar: Maksim SHackix "Paxtakor"da sport direktori sifatida ish boshladi
02 iyu 2022 16:24
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Maksim SHackix "Paxtakor"da sport direktori sifatida ish boshladi
Kievning "Dinamo" va O'zbekiston milliy terma jamoasidagi ajoyib faoliyati orqali ko'plab muxlislar mehrini qozongan, Evropa maydonlarida yurtimiz nomini tanitgan Maksim SHackix "Paxtakor" sport direktori sifatida ishga kirishdi. Klub va SHackix o'rtasida bitimga imzo chekildi.
Faoliyati davomida Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo'l ostida "Dinamo" Kievda o'ynagan SHackix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o'zlashtirgan. U klubga akademiyadan asosiy tarkibgacha bo'lgan yo'lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o'tishiga yordamlashadi, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni topishga intiladi. Bu borada u o'ynagan "Dinamo" MDHda etakchilardan biri sanaladi. Umid qilamizki, SHackix klubning yangi darajaga ko'tarilishi va ko'plab sovrinlarga ega chiqishiga o'zining katta hissasini qo'shadi", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar