Rasmiy xabar: "Lokomotiv" Aleksandr Krestinin bilan kelishuvga erishdi
05 iyu 16:35
Yangiliklar
Rasmiy xabar: "Lokomotiv" Aleksandr Krestinin bilan kelishuvga erishdi
"Lokomotiv" PFK rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin bilan kelishuvga erishganini malum qildi.
2019 yil Osiyo Kubogiga o'z tarixida birinchi bor Qirg'iziston terma jamoasini olib chiqqan ushbu mutaxassis bundan buyon "Lokomotiv" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritishi kutilmoqda.
Krestininni futbol ishqibozlari "Bunyodkor"dagi faoliyati orqali ham yaxshi bilishadi, chunki Aleksandr Sergeevich o'tgan yilning ikkinchi yarmida "qaldirg'ochlar"ga ustozlik qilgandi.
Mavsum boshidan "temiryo'lchilar"ni boshqarib kelgan Yorqin Nazarovning klub tizimida qolib, boshqa lavozimga tayinlanishi ham klub rejasidan o'rin olgan. Aleksandr Krestinin bilan shartnoma imzolanganidan so'ng murabbiylar shtabida kimlar bo'lishi haqida batafsil malumot beriladi.
O’xshash yangiliklar
18:25
Superliga. So'g'diyona Lokomotivni qiyinchiliksiz mag'lub etdi va uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi 11
Fikrlar