Rasman: Timo Verner - "Tottenxem" futbolchisi!
10 jan 2024 00:25
Yangiliklar
Rasman: Timo Verner - "Tottenxem" futbolchisi!
"Tottenxem" matbuot xizmati Timo Vernerning transferini elon qildi.
Unga ko'ra, futbolchi ijara asosida "shporlar" sharafini himoya qiladi. Kelishuv mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Muddat yakunlanganidan keyin "Tottenxem"da hujumchini sotib olish imkoniyati paydo bo'ladi. Timo London klubida 16-raqamda harakat qiladi.
Ushbu mavsumda 27 yoshli futbolchi "Leypcig" tarkibida 14 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.
Verner uchun London begona emas. U 2020-2022 yillarda "CHelsi" tarkibida 89 o'yinda harakat qilib, 23 marta raqiblari postiga yo'l topgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar