So’nggi yangiliklar

15:19ЎзЭл Классикосига превью  3 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  4 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  20

Rasman: O'zbekiston futzal MTJ Xorvatiyada yig'in o'tkazishi tasdiqlandi Yangiliklar

Rasman: O'zbekiston futzal MTJ Xorvatiyada yig'in o'tkazishi tasdiqlandi

Yodingizda bo'lsa, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 21 yanvardan navbatdagi yig'inga kirishishi haqida xabar bergan edik.

O'shanda vakillarimiz 25 yanvar kuni Xorvatiyaga uchib ketishlari haqida ham malumot bergandik.

O'zbekiston futzal MTJ Xorvatiyada yig'in o'tkazadi va Franciya, CHernogoriya hamda Kuvaytga qarshi o'ynaydi

Biroz avval O'FA matbuot xizmati ana shu xabarni tasdiqladi. Unga ko'ra, 21 yanvar kuni O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Yig'inning ikkinchi qismini vakillarimiz 26 yanvardan 2 fevralgacha Xorvatiyada davom ettirishadi. Xorvatiyadagi yig'in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Franciya va CHernogoriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi. 

O'rtoqlik o'yinlari

28.01.2022

O'zbekiston — Franciya

30.01.2022

O'zbekiston — CHernogoriya

31.01.2022

O'zbekiston — Franciya


Biz bergan xabarda Kuvayt bilan ham o'yin o'tkazishimiz haqida malum qilgandik. UFA bergan rasmiy xabarda esa qitadoshlarimiz bilan o'yin o'tkazilishi haqida malumot yo'q. Braziliyalik Kakau boshchiligidagi kuvaytliklar Xorvatiya yig'iniga bormaydigan bo'lishganmi yoki boshqa sabab, bunisi bizga qorong'u.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика