Rasman: OKMK gruziyalik futbolchi transferini elon qildi
19 jan 2024 18:20
Yangiliklar
Rasman: OKMK gruziyalik futbolchi transferini elon qildi
"Erkin agent maqomidagi tajribali tayanch yarim himoyachi — Giorgi Papava jamoamizga qaytdi. OKMK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi", – deyiladi olmaliqliklar xabarida.


Giorgi Papava 1993 yil 16 fevralda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tavallud topgan. Faoliyatini "Dinamo" Tbilisida boshlagan, keyinchalik Kiprning "Nea Salamina" va Gruziyada "Dila Gori", "Rustavi" hamda "Gagra" jamoalarida to'p tepgan. Uning so'nggi jamoasi ham aynan "Gagra" hisoblanadi.
Malumot o'rnida, Papava 2022 yilgi Superliga mavsumining ikkinchi qismida OKMKga kelib qo'shilgandi. O'shanda Papava "konchilar" safida 13 o'yinda harakatlanib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani ijro etgan. 2023 yilgi Superliga mavsumining birinchi qismini esa poytaxtning "Paxtakor" jamoasida o'tkazgan Papava 3 ta o'yinda maydonga tushgan.
Papava faoliyati davomida 298 ta o'yin o'tkazgan va raqiblari darvozasiga 8 marotaba to'p kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar