Eshitdik-da! O'FA "Oltin to'p" sohibi bilan muzokaralar o'tkazmoqda
25 sen 18:16
Yangiliklar


Eshitdik-da! O'FA "Oltin to'p" sohibi bilan muzokaralar o'tkazmoqda
O'zbekiston futbol associaciyasi "Oltin to'p"ning 2006 yilgi sohibi Fabio Kannavaro bilan muzokaralar o'tkazish uchun Italiyada bo'ldi.
Yaqin o'tmishning mashhur himoyachisi, murabbiy sifatida BAA, Xitoy va Saudiya Arabistoni klublarida ishlagan, shuningdek, Xitoy terma jamoasi, "Benevento", "Udineze" va "Dinamo" Zagreb jamoalarida bosh murabbiy bo'lgan Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin.
Championat.asia sayti malumotlariga qaraganda, O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Italiya terma jamoasi afsonasi bilan aynan uning yurtida muzokaralar olib borgan.
Eslatib o'tamiz, 52 yoshli Kannavaro o'tgan oy O'zbekistonda mehmon bo'lib, futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi uchrashuviga kelgan va o'zbekistonlik afsonalar bilan o'yinda maydonga tushgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Каннаварони Копадзедан тажрибаси жуда баланд демаган булардим