O'zbek futbolida yangi tajriba: "Paxtakor" – "Dinamo" bahsida hakam qarori butun stadion bo'ylab elon qilinadi
25 sen 17:23
Yangiliklar


O'zbek futbolida yangi tajriba: "Paxtakor" – "Dinamo" bahsida hakam qarori butun stadion bo'ylab elon qilinadi
O'zbekiston Kubogi yarim finalidagi "Paxtakor" – "Dinamo" uchrashuvida ilk bor bosh hakam VAR tekshiruvidan keyingi yakuniy qarorini butun stadion bo'ylab elon qilishi kutilmoqda.
Bu tartib FIFA tomonidan 2023 yildan boshlab xalqaro maydonda amaliyotga kiritilgan. Maqsad – stadiondagi muxlislar va televidenie orqali kuzatayotgan tomoshabinlarga hakamning qarorini yanada aniq va ochiq tarzda tushuntirish.
Hakam qarorining elon qilinishi Evropa va jahon arenalarida sinovdan o'tgan bo'lib, futbol o'yinlarida shaffoflikni oshirishda samarali vosita sifatida etirof etilmoqda.
Endi ushbu tajriba O'zbekistonda ham ilk bor test rejimida sinovdan o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar