Rasman: "Navbahor" Norxonov transferini elon qildi
05 jan 2023 14:21
Yangiliklar
Rasman: "Navbahor" Norxonov transferini elon qildi
Bugun jamoa safiga tajribali hujumchi SHohruz Norxonov qo'shildi.

SHohruz Norxonov 1993 yil 13 aprelda Toshkent shahrida tug'ilgan.
Katta futboldagi faoliyatini 2012 yil Toshkentning "Oq-tepa"sida boshlab jamoada 2013 yilning yakunigacha to'p tepdi. Keyin esa "Istiqlol" (Toshkent, 2014 yil), "Obod" (Toshkent, 2015-2016 yillar), "Bunyodkor" (Toshkent, 2017 yil) klublarida o'ynagan.
2018 yildan o'tgan mavsum yakuniga qadar "So'g'diyona" jamoasida to'p tepgan. Tajribali hujumchi 2018-2022 yillar davomida jizzaxliklar tarkibida Coca Cola Superligada 121 ta o'yinda maydonga tushib, 10016 daqiqa to'p tepgan holda, 44 ta golga mualliflik qilgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.
O'tgan mavsum "So'g'diyona" tarkibida Superliga bahslarida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan hamda 4 ta golga hammualiflik qilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Norxonov "Navbahor" tarkibiga qo'shilgani haqida malumot taqdim etgan edik. Bugun esa mazkur xabar o'z tasdig'ini topdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar