So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  0 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  24 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Rasman: Maksim Shackix – "Andijon" bosh murabbiyi, Vitaliy Shpanyuk – yordamchi murabbiy Yangiliklar

Rasman: Maksim Shackix – "Andijon" bosh murabbiyi, Vitaliy Shpanyuk – yordamchi murabbiy

Xabaringiz bor, “Andijon” klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan Aleksandr Xomyakov istefoga chiqqach, uning o'rniga munosib nomzod topish ustuvor vazifaga aylangandi.

Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, "Andijon" futbol klubi bosh murabbiyligiga o'zbek futboli afsonalaridan biri Maksim Shackix tayinlanganini elon qildi. 

"1978 yilning 30 avgust kuni Toshkentda tavallud topgan. Muxlislar uni futbolchi sifatida "Dinamo" Kievdagi yorqin faoliyati orqali juda yaxshi eslashadi. 

Maksim Aleksandrovich bunga qadar “Paxtakor” klubi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borib, ushbu jamoani ikki marta O'zbekiston chempionligaga etaklab keldi. Shu kunga qadar esa u "Paxtakor" klubi raisi maslahatchisi sifatida ishlab keldi.

Shackix murabbiylik faoliyatini 2016 yili boshlagan va dastlab "Dinamo" Kiev U-17, so'ngra U-19 jamoalarida ishladi. 

2017 yilning iyun oyidan 2019 yilning avgustiga qadar "Dinamo" Kiev jamoasida bosh murabbiy Aleksandr Xackevich bilan birga samarali faoliyat olib bordi.  

2019 yilning dekabr oyidan to 2021 yilning martigacha Rossiyaning "Rotor" (Volgograd) jamoasida yana Xackevich bilan murabbiylar shtabida mehnat qildi.

2022 yilning yozidan Maksim Aleksandrovichning "Paxtakor"dagi hayoti boshlandi. Avvaliga sport direktori, keyin esa bosh murabbiy sifatidagi yorqin faoliyati bilan yodda qoldi. 

Pro licenziyasiga ega bo'lgan Maksim Aleksandrovich 14 may kunidan "Andijon" jamoasini qabul qilib oladi va uning "burgutlar" bosh murabbiyi sifatidagi debyut uchrashuvi 17 may kuni safarda "Sho'rtan"ga qarshi uchrashuvga to'g'ri keladi", – deyiladi xabarda. 

Shuningdek, "Andijon" murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar davom etadi. Ukrainalik 54 yoshli mutaxassis Vitaliy Vasilevich Shpanyuk jamoada yordamchi murabbiy vazifasida ish olib boradi.

Shpanyuk 1971 yilning 12 fevral kuni Ukrainada tavallud topgan. Pro licenziyasiga ega bo'lgan mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida "Kremen" (Ukraina), "Arsenal" (Kiev, Ukraina), Ukraina terma jamoasi, "Slavutich" (Ukraina), "Karpati" (Ukraina), "Anji" (Rossiya), "Dinamo" Tbilisi (Gruziya), "Lvov" (Ukraina), "Vorskla" (Ukraina), "Rotor" (Rossiya) va "Paxtakor" klublarida ishlagan. Shpanyuk barcha jamoalarda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy rolida faoliyat yuritgan.

Avvalroq "Eshitdik"da rukni ostida Shackix seshanba kuni klub bilan shartnoma imzolashi haqida xabar bergan edik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика