Rasman: "Lokomotiv" Tojikiston termasi azosi bilan shartnoma tuzdi
23 dek 2022 16:20
Yangiliklar
Rasman: "Lokomotiv" Tojikiston termasi azosi bilan shartnoma tuzdi
Tojikiston milliy va olimpiya terma jamoasi azosi Rustam Soirov bugun klub bilan shartnoma imzoladi.

Malumot uchun, Rustam Soirov 2002 yil 12 sentyabrda Tojikiston poytaxti Dushanbeda tavallud topgan. Ampluasi – hujumchi.
U "Istiqlol" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U mazkur jamoa bilan Tojikiston chempioni, Kubok va Superkubok sohibi bo'lishdan tashqari Osiyo CHempionlar Ligasi hamda OFK Kubogida ham ishtirok etgan.

O'tgan yil Soirov Tojikiston Superligasida 15 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Bungacha Estoniyaning "Levadiya" klubida faoliyat olib borgan. Endilikda esa "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi.
Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida "Loko" tojikistonlik hujumchi xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida malum qilgan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar