Rasman: Karpin Rossiya TJ bilan shartnomasini uzaytirdi. U “Rostov”dagi faoliyatini ham davom ettiradi
06 noy 2022 10:00
Yangiliklar
Rasman: Karpin Rossiya TJ bilan shartnomasini uzaytirdi. U “Rostov”dagi faoliyatini ham davom ettiradi
Rossiya futbol ittifoqi terma jamoa ustozi Valeriy Karpin bilan yangi kelishuvga erishdi.
Unga ko'ra, mutaxassis bilan 2024 yil 1 avgustiga qadar shartnoma imzolandi. Karpin “Rostov”dagi faoliyatini ham davom ettiradi.
53 yoshli murabbiy 2021 yil 23 iyulda termani qabul qilib oldi va jamoa uning qo'l ostida 8 ta bahsda qatnashib, 6 marta g'alaba qozondi. SHuningdek, bir martadan durang va mag'lubiyat qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Rossiya TJ 17 noyabrda Tojikiston bilan 20 noyabrda esa O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar