Rasman: Igor Surov - Mashal bosh murabbiyi!
11 fev 18:18
Yangiliklar
Rasman: Igor Surov - Mashal bosh murabbiyi!
Klub rahbariyati jamoa tizginini xorijlik mutaxassisga topshirishga qaror qildi.
Muborakliklar 2026 yilgi mavsum uchun Igor Aleksandrovich Surov bilan kelishuvga erishishdi. 40 yoshli mutaxassis endilikda «gazchilar»ning muvaffaqiyatlari uchun masul bo'ladi.
Igor Surov haqida malumot:
Tajriba: Mutaxassis Markaziy Osiyo futbolini yaxshi biladi. U «Mashal»ga kelguniga qadar Tojikistonning «Esxata» hamda Qirg'izistonning «Bars» jamoalarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Maqsad: Klub rahbariyati Surovning xalqaro tajribasi Muborak jamoasining yangi mavsumdagi maqsadlariga erishishda asqotadi deb hisoblamoqda.
Jarayon: Ayni damda jamoa yangi murabbiy qo'l ostida tarkibni kuchaytirish va taktik sxemalar ustida qizg'in ish olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar