Rasman: Diego Kosta "bo'rilar" bilan mavsum oxirigacha shartnoma tuzdi
12 sen 2022 17:04
Yangiliklar
Rasman: Diego Kosta "bo'rilar" bilan mavsum oxirigacha shartnoma tuzdi
U yanvar oyidan beri erkin agent edi.
"Vulverxempton" hujumchi Diego Kosta bilan shartnoma imzolanganini elon qildi.


Angliya klubi 33 yoshli forvard bilan mavsum oxirigacha kelishuv tuzilgani haqida malumot berdi.
Kosta avval APLda o'ynagan — u 2014 yildan 2017 yilgacha "CHelsi" sharafini himoya qilgan. U London klubi bilan ikki marta chempionlikni qo'lga kiritgan.
Hujumchi shu yilning yanvar oyida "Atletiko Mineyro"ni tark etganidan keyin olti oydan ko'proq vaqt davomida erkin agent maqomida edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar