Rasman: Dest - "Barselona" futbolchisi!
01 okt 2020 17:14
Yangiliklar
Rasman: Dest - "Barselona" futbolchisi!
"Barselona" "Ayaks" himoyachisi Serjino Destning transferini elon qildi.
19 yoshli amerikalik futbolchi Kataloniya klubiga 21 million evro evaziga o'tdi, shuningdek 5 mln bonuslar sifatida ko'zda tutilgan. U yangi jamoasida 2-raqam ostida to'p tepadi.
Dest "ko'k-anorranglilar" bilan 2024/25 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekmoqda. Tovon puli esa 400 million evroni tashkil etadi.
Dest "Ayaks" tizimida 2012 yildan beri to'p tepadi. Futbolchi amsterdamliklarning bosh jamoasida 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi. U shuningdek AQSH terma jamoasida 3ta o'yinda maydonga tushgan.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar