Rasman: Botirali Ergashev – "Neftchi" futbolchisi
10 jan 2024 20:42
Yangiliklar
Rasman: Botirali Ergashev – "Neftchi" futbolchisi
Farg'ona jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
"Bugun tajribali darvozabon Botirali Ergashev "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda darvozamiz daxlsizligini qo'riqlaydi", – deyiladi "Neftchi" matbuot xizmati bergan xabarda.
Malumot uchun, Botirali Ergashev o'tgan mavsum Olmaliqning OKMK klubida jami 30 ta uchrashuvda harakat qildi. Futbolchi faoliyati davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi va turli toifadagi terma jamoalar tarkibida, shuningdek, "Paxtakor", "Navbahor" va ''Qo'qon-1912'' klublarida to'p tepgan.
Ayni paytda darvozabon O'zbekiston milliy terma jamoa bilan Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar