Rasman: "Barselona" muddatidan oldin ijarada o'ynayotgan futbolchisini ortga qaytardi
01 iyu 2020 15:50
Yangiliklar
Rasman: "Barselona" muddatidan oldin ijarada o'ynayotgan futbolchisini ortga qaytardi
Himoyachi Xuan Miranda "SHalke"dan "Barselona"ga qaytdi.
"Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar bitimni kelasi mavsum uchun uzaytirmaydigan bo'lishdi.
20 yoshli ispaniyalik futbolchi o'tgan yilning avgustida ijara asosida Gelzenkirxen klubiga yo'l olgan edi.
Bitim ikki yilga rejalashtirilgan edi, ammo tomonlar hamkorlikni muddatidan oldin to'xtatishga qaror qilishdi.
Miranda "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta sariq kartochka oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar