Ramos eng yaxshi otini Saudiya Arabistoni qirollik oilasiga sotdi
24 jan 2023 15:39
Yangiliklar
Ramos eng yaxshi otini Saudiya Arabistoni qirollik oilasiga sotdi
Futbolchi otlarga qiziqishi hech kimga sir emas
"Ispaniyaning eng yaxshi oti" deb tan olingan jonivor 2024 yilgi Olimpiya o'yinlari arafasida Saudiya Arabistoni ot sporti Federaciyaga nasib qildi. "Transfer" narxi 1,3 mln evroni tashkil qildi.
"Alamo" laqabli ot Ramos va chavandoz Serxio Alvares Moyyaga tegishli edi. Aynan "Alamo"da Moyya "Longines Global Champions Tour" (LGCT) musobaqasida sakkizinchi o'rinni egallagan va 440 000 funt sterling mukofot puliga ega chiqqandi. Bundan tashqari ushbu juftlik ko'plab xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'lishga erishgan, jumladan, 2021 yil iyul oyida Berlinda o'tgan Gran-prida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ramos Saudiya Arabistoni klubi safiga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida aytilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar