So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Ramos bilan intervyu Yangiliklar

Ramos bilan intervyu

Teglar :  serxio ramos
"Real" sardori Serxio Ramos CHempionlar ligasi final bahsidan oldin UEFA rasmiy saytiga intveryu berdi.

MILANGACHA...

Biz finalda o'ynashga haqli edik. Ammo bunga erishish juda qiyin bo'ldi. Guruh bosqichidan so'ng yirik jamoalar bilan bellashdik. PSJ va "Volfsburg" kabi jamoalarga qarshi mehmondagi o'yinimiz o'xshamadi, ammo "Santyago Bernabeu"da barchasini to'g'irladik.

Bundan so'ng yarim finalda "Manchester Siti"ni taslim etdik. Og'ir mehnatimiz o'z mevasini berganidan xursandmiz. Finalda "Atletiko"dek kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz. Bu juda yoqimli.


TANISH RAQIB HAQIDA

"Atletiko"ni juda yaxshi bilamiz. Ular ham xuddi biz kabi finalga munosib. Ular bazi top-jamoalarni turnirdan chiqarib yubordi. Ularda ajoyib jamoa bor va "Atletiko" raqib bilan qanday kurashish kerakligini yaxshi biladi.

Bizni og'ir bahs kutib turibdi. Bor etiborimizni finalga qaratishimiz kerak. Kamroq xato qilgan jamoa g'alaba qozonadi.

Biz maydonda ko'proq mehnat qilishimiz, bir jamoadek o'ynashimiz va yaxshi himoyalanishimiz kerak. Agar biz buni uddalsak g'alaba sari olg'a qadam tashlagan bo'lamiz.

2014 YILDAGI FINAL HAQIDA..

Buvam va buvim menga doimo umid bo'lishi haqida aytishardi. Klubimiz bunday vaziyatlarga ko'p tushib qolgan. O'shanda faoliyatimdagi eng yaxshi onlarni boshimdan o'tkazganman. Jahon chempioni bo'ldim, ikki marotaba Evroda g'alaba qozondim.


ZINEDIN ZIDAN QO'L OSTIDAGI HAYOT...

Men "Zizu" haqida faqat yaxshi gaplar eshitganman. Unda murabbiylik tajribasi juda kam, ammo jamoaga ko'p narsa bera oldi.

"Zizu" o'zining mashhur nomini murabbiylik faoliyatida ham saqlab qoldi. Biz uning g'oyalarini amalda qo'llashga urinyapmiz. U mavsumning hal qiluvchi paytida futbolchilardan maksimum natija chiqara oldi.

KRISHTIANU RONALDU BILAN BIRGA TO'P TEPISH...

"Real"ni Krishtianusiz tasavvur qilish qiyin. U har mavsum 50 ta gol uradi. Bir necha yil davomida bu darajani saqlab qolish juda qiyin. U klubda ekan, har mavsum 50 ta gol bo'lishiga kafolat bor.


JAMOA SARDORI

Boshqalarga namuna bo'lish uchun siz o'z ustingizda ko'p ishlashingiz kerak. Bu jamoaning sardori ekanligimdan xursandman.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика