Enrike Diasni himoya qildi va uni Zidan bilan taqqosladi
20 jan 16:52
Yangiliklar
Enrike Diasni himoya qildi va uni Zidan bilan taqqosladi
Afrika Millatlari Kubogi finalida amalga oshirilmagan muvaffaqiyatsiz penalti Marokash terma jamoasi etakchisi Braim Diasga nisbatan katta tanqidlarga sabab bo'ldi.
Biroq vingerning murabbiyi Luis Enrike bu holatni fojia deb hisoblamaydi.
PSJ ustozi hatto Zinedin Zidan kabi ulug' futbolchilar ham xatoga yo'l qo'yganini takidlab, bundan dahshatga tushmaslik kerakligini bildirdi.

"Bugun avtobusda shu haqda gaplashdik. Hamma Braim haqida gapiryapti, lekin men Jahon chempionati finalida xuddi shu holatga tushgan, futbol ilohi bo'lgan Zidanni eslayman. Shuningdek, penaltini shunday usulda ijro etgan Serxio Ramosni ham eslayman.
Agar shedevr ursang, hamma qarsak chaladi. Ammo adashsang, salbiy fikrlar ko'payib ketadi", – dedi Enrike.
Avvalroq Braim Dias Afrika Kubogi finalidagi mag'lubiyatdan so'ng uzr so'ragan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar